
Men bu xonadonga aynan ish qizigan pallada borib qoldim. 50 yoshlardan oshgan ayol menga peshvoz chiqdi-da, hovlining bir chetiga baland qilib terib qo’yilgan g’ishtlarni ko’rsatib, “Mana, bizning mahsulotlarimiz!” deya kulib qo’ydi.
Scharofat opa Buxoro viloyatining Shofirkon tumani qishloqlaridan birida yashaydi, 4 nafar farzandi bor – 2 o’g’il, 2 qiz, o’nga yaqin nabiraning buvisi. U oiladagi iqtisodiy qiyinchilik va ishsizlik tufayli og’ir mehnat turi – uy sharoitida g’isht ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda.
Ro’zg’origa daromad keltirish maqsadida ayniqsa qishloq ayollarining turli yumushlar – qandolatchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik, olib-sotarlik va hatto mardikorchilik qilishayotganidan xabardor edim. Lekin bundayin mashaqqatli yumushni zimmasiga olgan serg’ayrat ayolni birinchi marta uchratishim edi.
>>>