O‘quvchilar

free counters

BMTTDning ICTP Loyihasi – ochiq eshiklar kuni

Foto: binafsha.uz2009-yil 27-avgust kuni BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasida OAV xodimlari uchun “O’zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko’maklashish” (ICTP) loyihasi faoliyatiga bag’ishlangan media brifing o’tkazildi.

Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad – ICTP Loyihasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yangi tashabbuslari, loyihalari va rejalari bilan OAV vakillarini tanishtirishdan iborat.

>>>

“Gender – ayollar masalasi emas!”

ayolShu yilning 3-mart kuni poytaxtimizdagi Muqimiy nomli O’zbek davlat musiqiy teatrida “Baxtli bo’lish uchun yaralgan ayol” shiori ostida milliy axborot kampaniyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Jamoatchilikning gender masalasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan ushbu kampaniya O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Aholishunoslik bo’yicha Jamg’armasi hamkorligida tashkil etildi.

Soat 16:00. Tomosha zaliga kiraverishda teatr orkestri ijrosida yangrayotgan kuy ishtirokchilarni chorlardi. O’sha kuni teatr binosi mehmonlar bilan liq to’ldi, hatto ba’zilarga o’rindiq yetmay, tik turishga majbur bo’lishdi. Ishtirokchilar orasida turli davlat idoralari, BMT agentliklari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari, turli NNT(nodavlat va notijorat tashkilotlar) va OAV xodimlari hamda bir guruh talaba yoshlarni uchratish mumkin edi.

>>>

Inson taraqqiyoti konsepsiyasi

„Inson taraqqiyoti – bu inson imkoniyatlarining kengayishi jarayonidir. Bular ichida eng muhimlari sog’lom va uzoq umr ko’rish, bilim egallash va munosib hayot darajasiga ega bo’lish imkoniyati hisoblanadi. Agarda ushbu imkoniyatlarga erishish cheklangan bo’lsa, unda boshqa ko’plab imkoniyatlar ham qo’lga kiritilmay qolaveradi”. (Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning „Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va o’lchovi” nomli Ma’ruzasidan)

human_developmentHozirgi kunda inson taraqqiyoti tushunchasi OAVda, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda tez – tez qo’llanilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ilk marotaba 1990 – yilda BMTTDning inson taraqqiyotiga bag’ishlangan Ma’ruzasida keng tahlil qilindi. Unga ko’ra, taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Odamlarning sifatli ta’lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o’rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo’lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi.

>>>