Kecha poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida „Man spricht Deutsch” – „Nemis tilida gaplashadilar” ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Gyote-instituti tashabbusligida tashkil etilgan ushbu ko’rgazma O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg’armasi hamda Yoshlar ijod saroyi bilan hamkorlikda “O’zbekistonda Germaniya haftaliklari” doirasida namoyish etilmoqda.