O‘quvchilar

free counters

«FotoSan’ati» ko’rgazmasi

 

fotokunst

2010-yilning 5-mart kuni soat 18.00da Yoshlar ijod saroyida «FotoSan’ati» nomli fotosuratlar ko’rgazmasi ochiladi. Ushbu tadbir Germaniyaning Shtutgart shahrida joylashgan Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar Instituti hamda O’zbekiston Fond Forumi, Yoshlar ijod saroyi hamda Gyote-Institut Toshkent bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Vulf Xersogenrat rahbarligidagi mazkur ko’rgazma fotografiyani uzoq yillar davomida ijodiy g’oyani ifodalashning asosiy vositasi deya hisoblagan, shuningdek fotografiyadan san’atning rassomlik, grafika va performans shakllari bilan bir qatorga foydalanayotgan nemis san’atkorlarining ishlari bilan tanishtiradi.

Diter Appelt, oilaviy juftlik – Anna va Bernchard Blyumelar, Tomas Florshyuts, Yurgen Klauke, Astrid Klyayn, Zigmar Polke, Klaus Rinke va Katarina Ziverding o’z asarlari orqali Germaniya zamonaviy badiiy fotografiyasining bir-biridan farq qiluvchi 8ta mohiyatini ifodalab berishadi. O’z kasbining ustasi bo’lgan bu fotosan’atkorlar  turli avlodlarga mansub bo’lib, ular ijodining tarixi, tamoyillari va uslubiy yo’nalishlari bir-birini takrorlanmaydi. Fotografiyaga kommunikatsiya vositasi sifatida bo’lgan aynan mana shu turlicha yondashuvlar ko’rgazmani yanada qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi.

Ko’rgazma ish vaqti:
2010-yil, 5-mart – 5-aprel, soat 10.00-17.00

O’tkazish joyi:
Yoshlar ijod saroyi
Toshkent, Mustaqillik maydoni, 2

Comments are closed.