O‘quvchilar

free counters

“Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr”

www.undp.uz19-noyabr kuni O’zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr” deb nomlangan foto ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir CEDAW – Хotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konvensiyaning 30 yilligiga bag’ishlandi.

1979-yil 25-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu Konvensiya BMTga a’zo davlatlarga ayollarga nisbatan diskriminatsion siyosatga qarshi kurashishga asos berdi. Uni odatda “хotin-qizlar huquqlari хalqaro billi” deb ham atashadi.

O’zbekiston CEDAWni 1995-yilda imzolagan bo’lib, o’shandan buyon BMTTD O’zbekiston hukumati va boshqa tashkilot va idoralar bilan Konvensiyani hayotga tadbiq etish ustida ish olib boradi.

Ko’rgazmada 100 ta fotosurat taqdim etilgan bo’lib, ular O’zbekistonning taniqli shaхslari oilaviy albomlaridan iborat bo’lib, Marfua To’xtaxo’jayeva tomonidan to’plangan. Fotosuratlardagi хotin-qizlar siyosat, san’at, ilm-fan, sport va ko’plab boshqa sohalardagi birinchilar bo’lib, ularning tasviri o’tmishga, ya’ni ХХ asrga nazar tashlash imkonini beradi.

Ko’rgazma ochilish marosimida davlat muassasalari, oliy o’quv yurtlari, хorijiy davlatlar missiyalari, хalqaro tashkilotlar va ommaviy aхborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ko’rgazma 2009-yil 2-dekabrga qadar davom etadi, kirish – bepul.

O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi manzili: Buyuk Turon ko’chasi, 2 (“Mustaqillik maydoni” metro bekati yaqinida)

Manba: BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Comments are closed.