O‘quvchilar

free counters

Jurnalistlar uchun nogironlik muammolariga bag’ishlangan trening

ACCESSBMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ACCESS” qo’shma loyihasi “Nogironlik muammolari va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish” nomli mavzuda 3-kunlik amaliy o’quv trening o’tkazilishini e’lon qiladi. Ushbu trening Toshkent shahrida o’zbek va rus tillarida o’tkaziladi.

 

>>>

8 – mart uchun ajoyib „handmade” sovg’alar

ACCESSXalqaro xotin-qizlar kuni – 8-mart munosabati bilan imkoniyati cheklangan nogiron ayollar tomonidan tayyorlangan buyum va mahsulotlarning ko’rgazma-savdosi o’tkaziladi. 

Ushbu tadbirda barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tashkilotchilarga ko’ra, tadbirga tashrif buyurganlar qo’lda tayyorlangan chiroyli mahsulotlarni sotib olish bilan nafaqat seviklisi va yaqinlari uchun ajoyib sovg’aga ega bo’lishadi, balki nogiron ayollarni qo’llab-quvvatlashga hissa qo’shishadi.

>>>

2010-2015-yillar uchun harakat rejasi

Ushbu maqolani faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

15 sentabr – Xalqaro Demokratiya kuni

free download

15-sentabr kuni jahon bo’ylab Xalqaro demokratiya kuni nishonlanadi.

Xo’sh, demokratiya deganda nima tushuniladi? Nima sababdan demokratiyaga bag’ishlab, alohida kunni nishonlash kerak? Keling, avvalambor shu kun tarixiga to’xtalamiz.

2007-yil 8-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 15-sentyabrni Xalqaro demokratiya kuni deb e’lon qildi va BMTga a’zo davlatlarga, BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar hamda mintaqaviy, hukumatlararo va nodavlat tashkilotlariga ushbu sanani nishonlashni tavsiya etdi.

Jurnalistlar uchun tanlov

nogironlik-haqida-konkurs1BMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ACCESS loyihasi doirasida “O’zbekistondagi nogironlik masalalariga bag’ishlangan eng yaxshi maqola, fotoreportaj, videofilm, radio yoki televizion ko’rsatuv” tanlovini e’lon qiladi (2009-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha gazeta, jurnal, Internetda chop etilgan maqola yoki efirga uzatilgan eshittirish yoki ko’rsatuv).

>>>