O‘quvchilar

free counters

BMT shtab kvartirasida jurnalistlar uchun stipendiyali dastur

UN HQO’zbekistondagi BMT Axborot Markazi o’zbek jurnalistlari uchun 6 haftalik amaliyot kursini e’lon qiladi. Amaliyot Nyu Yorkda joylashgan BMTning shtab kvartirasida sentabr-oktabr oylari mobaynida bo’lib o’tadi.

Kimlar hujjat topshirishlari mumkin:

  • ingliz tilini yaxshi biladigan,
  • jurnalistika sohasida tajribaga ega bo’lgan,
  • 22-35 yoshli O’zbekiston fuqarolari.

 

>>>

YXHT Akademiyasida magistrlik dasturi

Ushbu maqolani faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

Inson taraqqiyoti konsepsiyasi

„Inson taraqqiyoti – bu inson imkoniyatlarining kengayishi jarayonidir. Bular ichida eng muhimlari sog’lom va uzoq umr ko’rish, bilim egallash va munosib hayot darajasiga ega bo’lish imkoniyati hisoblanadi. Agarda ushbu imkoniyatlarga erishish cheklangan bo’lsa, unda boshqa ko’plab imkoniyatlar ham qo’lga kiritilmay qolaveradi”. (Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning „Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va o’lchovi” nomli Ma’ruzasidan)

human_developmentHozirgi kunda inson taraqqiyoti tushunchasi OAVda, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda tez – tez qo’llanilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ilk marotaba 1990 – yilda BMTTDning inson taraqqiyotiga bag’ishlangan Ma’ruzasida keng tahlil qilindi. Unga ko’ra, taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Odamlarning sifatli ta’lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o’rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo’lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi.

>>>