O‘quvchilar

free counters

Ayol-rejissyorlar uchun tanlov

www.iawrt.org

Hujjatli filmlar yaratuvchi ayol-rejissyorlar o’z hayoti va boshqa ayollarning hayotini o’zgartira olgan ayollar haqidagi filmlar uchun o’tkazilayotgan tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga barcha mamlakatdan filmlar 16-oktabrga qadar qabul qilinadi.

>>>

Telematn tayyorlashning 7 bosqichi

Foto: binafsha.uzJurnalistlik kasbi yoza olish mahoratidan boshlanadi. Agar u risoladagidek yoza olmasa, demak, voqealarni tomoshabinga tushunarli tarzda yoritib bera olmaydi. Qachonki yozishni o’rganganda esa nima haqida yozishni bilish muhim. Tasvir uchun matn yozishning ikki usuli mavjud. Birinchisi mutaхassislar talqinida «amerikacha usul» deb nomlanadi. Unga ko’ra, jurnalist avval matn yozadi, keyin esa unga mos tasvirni topadi. Ikkinchi usul ham borki, buni mutaхassislar professional usul deb bilishadi. Bu usulga ko’ra, dastlab kadrlar teriladi, montaj qilinadi va shundan keyingina matn yozishga kirishiladi. Natijada birinchi usulga nisbatan mukammal, professional matnga ega bo’lish imkoniyati ko’proq bo’ladi. Birinchi uslubda matnga moslab montaj qilingan videoga nisbatan ikkinchi uslubdagi tasvirlar tomoshabin e’tiborini ko’proq jalb qiladi. Sabab esa televideniyeda tasvirning birlamchiligiga borib taqaladi.

>>>

Telejurnalistning syomka jarayonidagi 5ta professional vazifasi

Foto: binafsha.uzHaqiqiy telejurnalist tasvirchining ham, mоntajchining ham ishini to’g’ri bahоlay olishi, o’z navbatida bu borada muayyan tasavvurga, bilimga ega bo’lishi kerak. Buning aksi sifatida esa ko’rsatuvlarimizda so’z va tasvir bilan bog’liq g’alizliklar, jurnalistning kadrda ishlash mahorati yetishmasligi, eng yomoni uning tomoshabinni unutib qo’yishi holatlarini kuzatish mumkin. Tasvirning ta’sir kuchini to’g’ri baholay olgan, uning kompozitsiyasini tushungan telejurnalistgina tasvir imkoniyatlaridan to’la foydalana oladi.

>>>

Teleyangilik tayyorlashda planlarning ahamiyati

syomka1Telelavha turli planlarda syomka qilinadi va bu planlar ma’lum bir tartib asosida birlashtiriladi, ya’ni montaj qilinadi. 1ta kadr bir nechta planlardan iborat bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, planlar yig’indisi kadrlarni, kadrlar yig’indisi esa lavhani tashkil etadi. Plan muayyan ob’yekt yoki narsaning ekrandagi joylashivi – ko’rinishi  tomoshabindan qanchalik uzoqligi nuqtai nazaridan bir necha turlarga bo’linadi.

>>>