O‘quvchilar

free counters

Gazeta zag’izg’on degani?!

La-gazetteHozirgi jamiyat hayotida muhim o’rin tutuvchi gazetaning tarixini bilasizmi? Biz deyarli har kuni ishlatadigan “gazeta” so’zining asil ma’nosi nima? Bu so’z qachon va qanday tarzda tilimizga kirib kelgan? Keling, “gazeta” tarixi izidan o’tmishga qaytib, savollarimizga juda qiziqarli javoblarni topishga urinib ko’ramiz.

 

 

 

 

 

 

>>>

Tarix va o’zlikni anglash-V

 

Ushbu maqolani rus tilida oqishingiz mumkin.

Sarg’aygan sahifalar so’zlaganda…

sss1

Bolaligimdan esimda, 9-may kuni bobom uchun alohida e’tiborli kun sanalardi. Bobom hayotligida II Jahon Urushidagi ishtiroki, o’sha davrdagi hayot tarzi haqida ko’plab voqealarni so’zlab berardi. Bugun ana shunday tarixiy hikoyani tinglash imkoni yo’qligidan bobomning hayoti haqidagi biror bir yangi ma’lumot topish ilinjida eski hujjatlar va kitoblarni ko’zdan kechira boshladim. Oftobdanmi, namdanmi yo yillar zarbidanmi sarg’ayib ketgan bir daftar e’tiborimni tortdi.  Nazarimda bu daftarni bir necha yillar oldin ham ko’rgan edim, ammo o’shanda unchalik e’tibor bermagan ekanman.

Betlari arang ilinib turgan bu daftarning qattiq muqovasida nima yozilganini anglab bo’lmas edi. Ammo ichki sahifalaridagi xira tortib qolgan binafsharang siyohli yozuvlarni o’qish mumkin edi. Daftarni varaqlar ekanman, tarixdagi tirik guvoh bilan gaplashayotgandek bo’ldim. (Daftardagi yozuvlar asli kirill alifbosida, lekin u lotin alifbosida berilmoqda.)

>>>