O‘quvchilar

free counters

Ayol-rejissyorlar uchun tanlov

www.iawrt.org

Hujjatli filmlar yaratuvchi ayol-rejissyorlar o’z hayoti va boshqa ayollarning hayotini o’zgartira olgan ayollar haqidagi filmlar uchun o’tkazilayotgan tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga barcha mamlakatdan filmlar 16-oktabrga qadar qabul qilinadi.

>>>

Telejurnalistning syomka jarayonidagi 5ta professional vazifasi

Foto: binafsha.uzHaqiqiy telejurnalist tasvirchining ham, mоntajchining ham ishini to’g’ri bahоlay olishi, o’z navbatida bu borada muayyan tasavvurga, bilimga ega bo’lishi kerak. Buning aksi sifatida esa ko’rsatuvlarimizda so’z va tasvir bilan bog’liq g’alizliklar, jurnalistning kadrda ishlash mahorati yetishmasligi, eng yomoni uning tomoshabinni unutib qo’yishi holatlarini kuzatish mumkin. Tasvirning ta’sir kuchini to’g’ri baholay olgan, uning kompozitsiyasini tushungan telejurnalistgina tasvir imkoniyatlaridan to’la foydalana oladi.

>>>

Teleyangilik tayyorlashda planlarning ahamiyati

syomka1Telelavha turli planlarda syomka qilinadi va bu planlar ma’lum bir tartib asosida birlashtiriladi, ya’ni montaj qilinadi. 1ta kadr bir nechta planlardan iborat bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, planlar yig’indisi kadrlarni, kadrlar yig’indisi esa lavhani tashkil etadi. Plan muayyan ob’yekt yoki narsaning ekrandagi joylashivi – ko’rinishi  tomoshabindan qanchalik uzoqligi nuqtai nazaridan bir necha turlarga bo’linadi.

>>>

Yangilik – ohori to’kilmagan xabar

 

MontajBarcha OAVning maqsadi va bosh vazifasi auditoriyasi uchun qiziqarli, muhim bo’lgan, mamlakatda va jahonda kechayotgan voqea-hodisalar haqida eng yangi, eng aniq va eng to’liq axborotni tezkor ravishda yetkazib berishga qaratilgan. Insonlarning yangilikka bo’lgan ehtiyoji kun sayin oshmoqda. Shuning uchun bugungi jurnalistikada reportyorlik(muxbirlik) muhim ahamiyat kasb etadi. Reportyor faoliyati „dunyoda eng qimmat va tez buziluvchi mahsulotlar sirasiga kiradigan – yangilik”1ka asoslanadi.

>>>