O‘quvchilar

free counters

Jurnalistlar uchun nogironlik muammolariga bag’ishlangan trening

ACCESSBMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ACCESS” qo’shma loyihasi “Nogironlik muammolari va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish” nomli mavzuda 3-kunlik amaliy o’quv trening o’tkazilishini e’lon qiladi. Ushbu trening Toshkent shahrida o’zbek va rus tillarida o’tkaziladi.

 

>>>

Jajji “poliglotlar” siri nimada?

free photoXorijiy tillarni bilish kundan-kunga zamon talabiga aylanmoqda. Buni allaqachon tushunib yetgan ota-onalar bolalariga erta yoshdanoq chet tilini o’rgatishga harakat qilishmoqda.

Xo’sh, bolaga chet tilini o’rgatishni necha yoshdan boshlagan ma’qul va qay yo’sinda? Bu borada turli qarashlar mavjud. Ba’zi mutaxassislarning ta’kidlashicha, bola tug’ilganidanoq unga ona tili bilan baravar ravishda chet tilini o’rgatish kerak. Hatto ba’zi olimlar, bu ishni bola onasi qornidaligidayoq boshlash, yaxshi natija berishini aytishadi. Bunda onaning maqbul musiqani eshitishi va ota-onaning hali tug’ilmagan go’dagi bilan turli mavzularda gaplashishi muhimdir. An’anaviy uslub tarafdorlari esa bu ishda shoshilmaslik kerakligini, ya’ni bolaga chet tilini o’rgatishni 12 yoshdan keyin boshlash eng to’g’ri yo’l, deya hisoblaydilar. Lekin bu yondashuvga qarshi bo’lganlar tilni o’rganishni 10 yoshdan keyin boshlash juda kech bo’ladi va samarali natijaga erishilmaydi, degan fikrni ilgari surishadi. Ammo ota-onalarni doimo bir muammo qiynaydi: “Qaysi yo’ldan borishim kerak?”. Keling, yaxshisi bu muammoni birgalikda yechishga harakat qilamiz.

>>>

Ijtimoiy tarmoq jurnalistika fakulteti talabalarini birlashtirmoqda

www.globalstudentjournalists.netOliy o’quv yurtlari Jurnalistika fakultetining barcha talabalari qaysi mamlakatda yashashlaridan qat’iy nazar “Butun dunyo talaba-jurnalistlari” nomli yangi onlayn tarmoqda ishtirok etishlari mumkin.

Tarmoqda o’zingiz haqingizda alohida fayl ochishingiz va boshqa talabalar bilan muloqotda bo’lishingiz mumkin. Tarmoq ishtirokchilari o’z go’yalari haqida boshqalar bilan muzokara qilishlari, turli loyihalar bilan chiqishlari va amalga oshirgan ishlari yuzasidan boshqalarning fikr-mulohazalariga ega bo’lishlari mumkin.

>>>

Jurnalistlar uchun tanlov

nogironlik-haqida-konkurs1BMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ACCESS loyihasi doirasida “O’zbekistondagi nogironlik masalalariga bag’ishlangan eng yaxshi maqola, fotoreportaj, videofilm, radio yoki televizion ko’rsatuv” tanlovini e’lon qiladi (2009-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha gazeta, jurnal, Internetda chop etilgan maqola yoki efirga uzatilgan eshittirish yoki ko’rsatuv).

>>>

Nogiron odamlar bilan muloqot tili va qoidalari

Ushbu materialni faqat rus tilida o’qishingiz mumkin