O‘quvchilar

free counters

BMT shtab kvartirasida jurnalistlar uchun stipendiyali dastur

UN HQO’zbekistondagi BMT Axborot Markazi o’zbek jurnalistlari uchun 6 haftalik amaliyot kursini e’lon qiladi. Amaliyot Nyu Yorkda joylashgan BMTning shtab kvartirasida sentabr-oktabr oylari mobaynida bo’lib o’tadi.

Kimlar hujjat topshirishlari mumkin:

  • ingliz tilini yaxshi biladigan,
  • jurnalistika sohasida tajribaga ega bo’lgan,
  • 22-35 yoshli O’zbekiston fuqarolari.

 

>>>

OAV bilan muomala qilish strategiyasi

Ushbu maqolani faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

“Gender – ayollar masalasi emas!”

ayolShu yilning 3-mart kuni poytaxtimizdagi Muqimiy nomli O’zbek davlat musiqiy teatrida “Baxtli bo’lish uchun yaralgan ayol” shiori ostida milliy axborot kampaniyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Jamoatchilikning gender masalasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan ushbu kampaniya O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Aholishunoslik bo’yicha Jamg’armasi hamkorligida tashkil etildi.

Soat 16:00. Tomosha zaliga kiraverishda teatr orkestri ijrosida yangrayotgan kuy ishtirokchilarni chorlardi. O’sha kuni teatr binosi mehmonlar bilan liq to’ldi, hatto ba’zilarga o’rindiq yetmay, tik turishga majbur bo’lishdi. Ishtirokchilar orasida turli davlat idoralari, BMT agentliklari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari, turli NNT(nodavlat va notijorat tashkilotlar) va OAV xodimlari hamda bir guruh talaba yoshlarni uchratish mumkin edi.

>>>

O’zbek jurnalistlari xalqaro festivalda

vsyarossiyaShu yilning 24-30-sentabr kunlari mobaynida “Umum Rossiya – 2008″ nomli jurnalistlar XIII-xalqaro festivali bo’lib o’tdi. Har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan ushbu tadbir bu gal Rossiya jurnalistlari uyushmasi, MDH davlatlaridagi qator jurnalistik tashkilotlar va Jurnalistlar xalqaro federatsiyasi hamkorligida Sochi shahrida joylashgan “Dagomis” sanatoriyasida tashkil etildi. Unda Rossiyaning barcha hududlaridan, MDH va Sharqiy Yevropa davlatlaridan tashrif buyurgan 2000ga yaqin jurnalistlar va mehmonlar ishtirok etishdi. Shuningdek, O’zbekistondan ham bir guruh vakillar – BMTTD (Birlahsgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan e’lon qilingan maqolalar konkursida g’olib chiqqan jurnalistlar tashkilot moliyaviy ko’magi asosida mazkur xalqaro miqyosdagi festivalda qatnashish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

>>>