O‘quvchilar

free counters

Jamoatchilik joylaridagi san’at

art-gorodGyote-Instituti Toshkent “Art Gorod” (“Raum fuer Raum”) nomli davomli va bir necha bosqichli loyihani amalga oshirishishini e’lon qildi. Loyihadan asosiy maqsad Sharqiy Yevropa va O’rta Osiyoda zamonaviy san’at taraqqiyotining yangi imkoniyatlarini kashf etishdan iborat bo’lib, u 2010-yil kuzidan 2011-yil qish fasliga qadar davom etadi. Shuningdek, jamoatchilik joylariga nisbatan shahar taraqqiyotiga yo’naltirilgan manba sifatidagi qarashni shakllantirish ham loyihaning bosh g’oyalaridan biridir. “Art Gorod” loyihasi madaniyat sohasida qaror qabul qiluvchi rassomlar, rahbarlar hamda san’atshunoslarning umumiy forumi hisoblanadi.

Loyiha doirasida yosh rassomlar, o’zlashtirishi yaxshi bo’lgan talabalar hamda yaratuvchanlik sanoati vakillariga qaratilgan master-klass ham o’tkaziladi. Master-klass 27-30-oktabr kunlari mobaynida bo’lib o’tadi.

Batafsil ma’lumotni rus tilida o’qishingiz mumkin.

Uchinchi Amerika Filmlari Festivali

3th-annual-film-festivalAmerika Qo’shma Shtatlari Elchixonasi tomonidan 2010-yil 22-24-oktabr kunlari mobaybida O’zbekiston Do’stlik Jamiyatlari Kengashi (ilgarigi “Kino muzeyi”)da Uchinchi Amerika Filmlari Festivali o’tkaziladi.

>>>

Nemis musiqachisi ishtirokida erkin jaz konserti

Alexander Schlippenbach23-oktabr kuni soat 17.00da Gyote-instituti Toshkent tomonidan “O’zbekistonda Germaniya kunlari” doirasida yetuk nemis musiqachisi Aleksandr fon Shlippenbax ishtirokida erkin jaz konserti tashkil etiladi. U jaz-pianinochi, kompozitor hamda Berlindagi erkin jaz orkestri rahbari hamdir.

Konsert Toshkentdagi Uspenskiy nomli musiqa maktabida bo’lib o’tadi. Mo’ljal: Taraqqiyot ko’chasi, 71.

Batafsil ma’lumotni rus tilida o’qishingiz mumkin:

“Black Box” 5-xalqaro festivali

Ushbu maqolani faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

Nemis musiqasini tinglab…

www.taschkent.diplo.de (© Ken Schumann)

Shu yilning 9-dekabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan Viktor Medyulyanov rahbarligidagi O’zbekiston Davlat kamer orkestri bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat konservatoriyasi Katta zalida rojdestvo bayramiga bag’ishlangan klassik konsert tashkillashtiriladi. Unda orkestr bilan birgalikda nemis skripkachisi Ken Shumann ishtirok etadi.

Konsert soat 18.30da boshlanadi.

>>>