O‘quvchilar

free counters

Germaniya haftaliklari doirasida nemis tiliga oid ko’rgazma

Deutschlandwoche 2010Kecha poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida „Man spricht Deutsch” – „Nemis tilida gaplashadilar” ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Gyote-instituti tashabbusligida tashkil etilgan ushbu ko’rgazma O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg’armasi hamda Yoshlar ijod saroyi bilan hamkorlikda “O’zbekistonda Germaniya haftaliklari” doirasida namoyish etilmoqda.

>>>

“Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr”

www.undp.uz19-noyabr kuni O’zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr” deb nomlangan foto ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir CEDAW – Хotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konvensiyaning 30 yilligiga bag’ishlandi.

1979-yil 25-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu Konvensiya BMTga a’zo davlatlarga ayollarga nisbatan diskriminatsion siyosatga qarshi kurashishga asos berdi. Uni odatda “хotin-qizlar huquqlari хalqaro billi” deb ham atashadi.

>>>

Tarix va o’zlikni anglash-V

 

Ushbu maqolani rus tilida oqishingiz mumkin.

“Karikatura – shunchaki kulgi emas!”

1-aprelShu yilning 31-mart kuni O’zbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro Kulgi Kuniga bag’ishlangan karikaturalar ko’rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur ko’rgazmada bir qator yosh ijodkorlar, shuningdek, karikatura janrida boy tajribaga ega rassomlar o’zlarining so’nggi vaqtlarda yaratgan yumoristik asarlarini namoyish etishdi.

Rassomchilikda karikatura janri real hayotimizni o’ziga xos tarzda ifoda etishi bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. Karikaturada aks etgan fikrni tushunish uchun odatda insondan kuchli bilim va tafakkur talab qilinmaydi, buning uchun jamiyatda ro’y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi bo’lishning o’zi kifoya. “Vikipedia” erkin ensiklopediyasida yozilishicha, “karikatura” italyancha “caricare” so’zidan olingan bo’lib, “bo’rttirish”, “oshirib ko’rsatish” degan ma’nolarni anglatadi.

>>>

“Jung:de” – nemis yoshlari haqida hamma narsa

Foto: Binafsha Qalandarova

Bilasizmi, nemis yoshlarining har 10-chisi o’qish bilan bir vaqtning o’zida ishlar ham ekan. ekan. Ular har kuni taxminan 170 minut vaqtini televizor tomosha qilish bilan, 1 soat vaqtini kompyuter oldida, 45 minut telefonda gaplashib, 75 minut musiqa tinglab va atigi 30 minut kitob yoki jurnal o’qish bilan o’tkazisharkan. Germaniya yoshlarining 90 foizi kompyuterga ega bo’lib, 65 foizining Internetdan foydalanish imkoniyati bor ekan. Nemis tengdoshlarimizning 70 foizi esa o’zini butun va farovon oilada baxtli his qilarkan.

Shu kabi qiziqarli ma’lumotlarni  yaqinda O’zbekistonda nemis madaniyati haftaliklari tadbirini boshlab bergan „jung:de” ko’rgazmasiga tashrif buyurib, bilib olishingiz mumkin. Germaniya yoshlarining kunlik hayoti qay tarzda, ular bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishadi? Ular uchun muhim narsa nima, asosan nima bilan mashg’ul bo’lishadi va kelajagini qanday tasavvur qilishadi? Ko’rgazmada Germaniya yoshlari hayoti bilan bog’liq mana shunday ko’plab savollarga javob topa olasiz.

>>>