O‘quvchilar

free counters

Xumdondagi xotin

Sharofat opa g’ishtlar odatda devorga qanday terilishini ko’rsatmoqda.

Men bu xonadonga aynan ish qizigan pallada borib qoldim. 50 yoshlardan oshgan ayol menga peshvoz chiqdi-da, hovlining bir chetiga baland qilib terib qo’yilgan g’ishtlarni ko’rsatib, “Mana, bizning mahsulotlarimiz!” deya kulib qo’ydi.

Scharofat opa Buxoro viloyatining Shofirkon tumani qishloqlaridan birida yashaydi, 4 nafar farzandi bor – 2 o’g’il, 2 qiz, o’nga yaqin nabiraning buvisi. U oiladagi iqtisodiy qiyinchilik va ishsizlik tufayli og’ir mehnat turi – uy sharoitida g’isht ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda.

Ro’zg’origa daromad keltirish maqsadida ayniqsa qishloq ayollarining turli yumushlar – qandolatchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik, olib-sotarlik va hatto mardikorchilik qilishayotganidan xabardor edim. Lekin bundayin mashaqqatli yumushni zimmasiga olgan serg’ayrat ayolni birinchi marta uchratishim edi.

>>>

“Biz, jurnalistlar, jadallashuv sari yeldek uchmoqdamiz!”

Ushbu intervyuni faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

Intervyu uchun eng yaxshi savollar

savollarProfessional jurnalistikada o’z suhbatdoshida qiziqarli, informatsion hamda javob berishga xohish uyg’otgan savol eng yaxshi savol hisoblanadi. Siz intervyu paytida to’g’ridan-to’g’ri masalaga ko’chasizmi yoki «Xo’sh, ayting-chi, nima yangiliklar?» deb qo’ya qolasizmi? Agar siz ikkinchi usulni tanlasangiz, ishonavering, suhbatdoshingiz bu haqda juda uzo-o-o-q vaqt gapirishi, hatto «qulog’ingizga lag’mon osishi» mumkin.

>>>

Nogiron insonlardan qay tarzda intervyu olish kerak?

Ushbu materialni faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.