O‘quvchilar

free counters

“UZ” domenida til va PR masalasi

Ushbu maqola ilk marotaba 2008-yilda yozilgan bo’lsa-da, ko’p jihatdan haligacha dolzarbligini yo’qotmagan. Shuning uchun O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 24 yilligi nishonlanayotgan kunda maqolani ayrim o’zgartirishlar bilan e’tiboringizga havola etishni joiz deb bildim. Maqola e’lon qilingach, unda keltirilgan ba’zi takliflar bugungi kunda hayotga tadbiq etilganligini ko’rib, faqat xursand bo’lish mumkin. 

til-pr

 

Har bir soha vujudga keladigan muammo, kamchilik va xatolarni bartaraf etish tufayligina rivojlanadi. Shu jumladan, kun sayin hayotimiz, ish faoliyatimizda muhim o’rin tutayotgan, turmush-tarzimizga aylanib borayotgan Internet sohasida ham muammoli masalalar bo’lmaganda edi, u bunchalik taraqqiy etmagan bo’lardi. Chunki bir qilingan xato qaytarilmaydi va uni tuzatish rivojlanish uchun yana bitta qadam bo’ladi. Shuning uchun maqolada UZ segmentidagi ko’rinmas muammoli nuqtalarga e’tibor qaratiladi, ayrim domen nomlari bilan bog’liq masalalar tanqidiy jihatdan tahlil qilinadi. Zero, tanqid kelajak mevasidir. Biroq tanqid va tahlil veb-sayt mazmuni va tarkibiy qismiga nisbatan emas, balki ana shu mazmunni domen nomi qanchalik ifoda qila olayotganligi, umuman, UZ domeni nomlari qanchalik to’g’ri tanlanayotganligi va ayrim domen nomlaridagi xatoliklar haqida bo’ladi.

>>>

Xavfsizligini aytmaysizmi…

dpaFuqarolarning telefon orqali suhbatlashishi va elektron pochta orqali ma’lumot almashishi haqidagi ma’lumotlarni saqlashga qarshi Germaniya tarixidagi eng yirik jamoatchilik da’vosi qondirildi. Ammo “inson huquqlari masalasidagi bu yutuq”, erkin demokratlar buni shunday nomladilar, nemislarga qimmatga tushadigan bo’ldi.

 

 

>>>

Onlayn jurnalistika nima?

Ushbu maqolani faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

«Maqola yoz – ASUS noutbuki egasi bo’l!»

infocom.uzInfoCOM.UZ jurnali O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agеntligi qo’llab-quvvatlovi asosida O’zbеkistonda axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari va IT-jurnalistikasi rivojini ommalashtirish maqsadida «Maqola yoz – ASUS noutbuki egasi bo’l» tanlovi o’tkazilishini e’lon qiladi.

>>>

Ijtimoiy tarmoq jurnalistika fakulteti talabalarini birlashtirmoqda

www.globalstudentjournalists.netOliy o’quv yurtlari Jurnalistika fakultetining barcha talabalari qaysi mamlakatda yashashlaridan qat’iy nazar “Butun dunyo talaba-jurnalistlari” nomli yangi onlayn tarmoqda ishtirok etishlari mumkin.

Tarmoqda o’zingiz haqingizda alohida fayl ochishingiz va boshqa talabalar bilan muloqotda bo’lishingiz mumkin. Tarmoq ishtirokchilari o’z go’yalari haqida boshqalar bilan muzokara qilishlari, turli loyihalar bilan chiqishlari va amalga oshirgan ishlari yuzasidan boshqalarning fikr-mulohazalariga ega bo’lishlari mumkin.

>>>