O‘quvchilar

free counters

Sud ekspertlari AQShdagi kasb konferensiyasida ishtirok etishdi

aafs.orgO’zbekiston sud ekspertlari hamjamiyatining uch nafar rahbari yaqinda AQShning Vashington shtatidagi Sietl shahrida bo’lib o’tgan kasb konferensiyasida ishtirok etdi. Unda 3000 ga yaqin sud eksperti DNKga oid ma’lumotlarni yig’ish va analiz qilishdan tortib ballistika sinovi hamda laboratoriyalardagi sifatni nazorat qilishgacha bo’lgan turli-tuman masalalarni muhokama qilishdi.

 

>>>

Xavfsizligini aytmaysizmi…

dpaFuqarolarning telefon orqali suhbatlashishi va elektron pochta orqali ma’lumot almashishi haqidagi ma’lumotlarni saqlashga qarshi Germaniya tarixidagi eng yirik jamoatchilik da’vosi qondirildi. Ammo “inson huquqlari masalasidagi bu yutuq”, erkin demokratlar buni shunday nomladilar, nemislarga qimmatga tushadigan bo’ldi.

 

 

>>>

15 sentabr – Xalqaro Demokratiya kuni

free download

15-sentabr kuni jahon bo’ylab Xalqaro demokratiya kuni nishonlanadi.

Xo’sh, demokratiya deganda nima tushuniladi? Nima sababdan demokratiyaga bag’ishlab, alohida kunni nishonlash kerak? Keling, avvalambor shu kun tarixiga to’xtalamiz.

2007-yil 8-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 15-sentyabrni Xalqaro demokratiya kuni deb e’lon qildi va BMTga a’zo davlatlarga, BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar hamda mintaqaviy, hukumatlararo va nodavlat tashkilotlariga ushbu sanani nishonlashni tavsiya etdi.

Xumdondagi xotin

Sharofat opa g’ishtlar odatda devorga qanday terilishini ko’rsatmoqda.

Men bu xonadonga aynan ish qizigan pallada borib qoldim. 50 yoshlardan oshgan ayol menga peshvoz chiqdi-da, hovlining bir chetiga baland qilib terib qo’yilgan g’ishtlarni ko’rsatib, “Mana, bizning mahsulotlarimiz!” deya kulib qo’ydi.

Scharofat opa Buxoro viloyatining Shofirkon tumani qishloqlaridan birida yashaydi, 4 nafar farzandi bor – 2 o’g’il, 2 qiz, o’nga yaqin nabiraning buvisi. U oiladagi iqtisodiy qiyinchilik va ishsizlik tufayli og’ir mehnat turi – uy sharoitida g’isht ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda.

Ro’zg’origa daromad keltirish maqsadida ayniqsa qishloq ayollarining turli yumushlar – qandolatchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik, olib-sotarlik va hatto mardikorchilik qilishayotganidan xabardor edim. Lekin bundayin mashaqqatli yumushni zimmasiga olgan serg’ayrat ayolni birinchi marta uchratishim edi.

>>>

“Biznesingizni qanday boshlagansiz?”

 

«Ayol kishi hech qachon uyda bekorchi o’tirishi kerak emas. Chunki hozirgi kunda faqat erkak kishiga qarab yashash qiyin. «Erga qaradim, yerga qaradim», degan maqol bejizga aytilmagan. Ayollarning o’ziga yarasha orzu-havasi, ehtiyoji bo’ladi, erkak kishi buni har doim ham qondirib berolmaydi. Ichimda g’ayrat ko’p bo’lgani uchun ham tadbirkorlik bilan shug’ullanaman». Hozirda shunday fikrlaydigan tadbirkor ayollarimizni ko’plab uchratishimiz mumkin. Ular turli sharoitda, turli sabablarga ko’ra o’z biznesiga ega bo’lishmoqda. Bunday ayollar kimlar? Ularning muammolari, orzu-armonlari, yutuqlari nimada? Shu maqsadda «yo’qdan bor qila olgan» bir nechta tadbirkor ayollar bilan suhbatda bo’ldik.

>>>