O‘quvchilar

free counters

“Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr”

www.undp.uz19-noyabr kuni O’zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr” deb nomlangan foto ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir CEDAW – Хotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konvensiyaning 30 yilligiga bag’ishlandi.

1979-yil 25-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu Konvensiya BMTga a’zo davlatlarga ayollarga nisbatan diskriminatsion siyosatga qarshi kurashishga asos berdi. Uni odatda “хotin-qizlar huquqlari хalqaro billi” deb ham atashadi.

>>>

Ayol-rejissyorlar uchun tanlov

www.iawrt.org

Hujjatli filmlar yaratuvchi ayol-rejissyorlar o’z hayoti va boshqa ayollarning hayotini o’zgartira olgan ayollar haqidagi filmlar uchun o’tkazilayotgan tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga barcha mamlakatdan filmlar 16-oktabrga qadar qabul qilinadi.

>>>

“Ayollar huquqlarini amalga oshirishda OAV roli” nomli ijodiy tanlov

BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi “Ayollar huquqlarini amalga oshirishda OAVlarining roli” mavzusida 2009-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar jurnalistlar uchun tanlov o’tkazmoqda.

>>>

“Gender – ayollar masalasi emas!”

ayolShu yilning 3-mart kuni poytaxtimizdagi Muqimiy nomli O’zbek davlat musiqiy teatrida “Baxtli bo’lish uchun yaralgan ayol” shiori ostida milliy axborot kampaniyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Jamoatchilikning gender masalasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan ushbu kampaniya O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Aholishunoslik bo’yicha Jamg’armasi hamkorligida tashkil etildi.

Soat 16:00. Tomosha zaliga kiraverishda teatr orkestri ijrosida yangrayotgan kuy ishtirokchilarni chorlardi. O’sha kuni teatr binosi mehmonlar bilan liq to’ldi, hatto ba’zilarga o’rindiq yetmay, tik turishga majbur bo’lishdi. Ishtirokchilar orasida turli davlat idoralari, BMT agentliklari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari, turli NNT(nodavlat va notijorat tashkilotlar) va OAV xodimlari hamda bir guruh talaba yoshlarni uchratish mumkin edi.

>>>