O‘quvchilar

free counters

Gazeta zag’izg’on degani?!

La-gazetteHozirgi jamiyat hayotida muhim o’rin tutuvchi gazetaning tarixini bilasizmi? Biz deyarli har kuni ishlatadigan “gazeta” so’zining asil ma’nosi nima? Bu so’z qachon va qanday tarzda tilimizga kirib kelgan? Keling, “gazeta” tarixi izidan o’tmishga qaytib, savollarimizga juda qiziqarli javoblarni topishga urinib ko’ramiz.

 

 

 

 

 

 

>>>

“Oltin qalam” V milliy mukofoti

oltin qalamO’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o’tkazadi.

>>>

“Biz, jurnalistlar, jadallashuv sari yeldek uchmoqdamiz!”

Ushbu intervyuni faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

Yo konvergensiya, yo «vakuum» ichida yashash

 

Ushbu maqola ilk marotaba 2004 – yilda chop etilgan bo’lib, tabiiyki, undagi ma’lumotlar bugunga kelib, biroz eskirgan bo’lishi mumkin. Lekin maqolada ko’tarilgan mavzu hozir ham dolzarb hisoblanganligi uchun e’lon qilinmoqda.

Axborot uzatish tizimlari hozirgi texnologik jarayon va siyosiy o’zgarishlar ta’sirida aql bovar qilmas darajada rivojlanib bormoqda. Internet so’nggi 10 yil ichida axborot va aloqa vositalari tarixida kutilmagan bir tezlikda ommaviy auditoriyani egallab oldi. Ma’lumotlarga ko’ra, Amerika radiosi 50 million tinglovchiga ega bo’lishi uchun roppa – rosa 38 yil kerak bo’ldi, televidenie esa sal kamroq – 14 yilda bu ko’rsatkichga ega bo’lgandi, Internetga Amerikaning 50 millionli  auditoriyasini mahv etishi uchun bor – yo’g’i 4 yil kifoya qildi, xolos.

>>>