O‘quvchilar

free counters

“Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr”

www.undp.uz19-noyabr kuni O’zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr” deb nomlangan foto ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir CEDAW – Хotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konvensiyaning 30 yilligiga bag’ishlandi.

1979-yil 25-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu Konvensiya BMTga a’zo davlatlarga ayollarga nisbatan diskriminatsion siyosatga qarshi kurashishga asos berdi. Uni odatda “хotin-qizlar huquqlari хalqaro billi” deb ham atashadi.

>>>

BMTTDning ICTP Loyihasi – ochiq eshiklar kuni

Foto: binafsha.uz2009-yil 27-avgust kuni BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasida OAV xodimlari uchun “O’zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko’maklashish” (ICTP) loyihasi faoliyatiga bag’ishlangan media brifing o’tkazildi.

Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad – ICTP Loyihasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yangi tashabbuslari, loyihalari va rejalari bilan OAV vakillarini tanishtirishdan iborat.

>>>

OAVda nogironlik masalalarini yoritish bo’yicha trening

 

BMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ACCESS loyihasi doirasida «Nogironlik muammolari va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish»ga bag’ishlangan 3-kunlik amaliy o’quv trening o’tkazilishi mo’ljallangan. Ushbu trening Toshkent shahrida rus va o’zbek tillarida o’tkaziladi.

>>>