O‘quvchilar

free counters

BMT shtab kvartirasida jurnalistlar uchun stipendiyali dastur

UN HQO’zbekistondagi BMT Axborot Markazi o’zbek jurnalistlari uchun 6 haftalik amaliyot kursini e’lon qiladi. Amaliyot Nyu Yorkda joylashgan BMTning shtab kvartirasida sentabr-oktabr oylari mobaynida bo’lib o’tadi.

Kimlar hujjat topshirishlari mumkin:

  • ingliz tilini yaxshi biladigan,
  • jurnalistika sohasida tajribaga ega bo’lgan,
  • 22-35 yoshli O’zbekiston fuqarolari.

 

>>>

BMTning 65 – bosh assambleyasini yorituvchi jurnalistlar uchun stipendiya

unjournalismfellowship.org

Ushbu tanlovda rivojlanayotgan mamlakatlardan 25 – 35 yoshgacha bo’lgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov go’liblari BMTning 65 – bosh assambleyasi ishini yoritish uchun 2 oy davomida Nyu-York shahrida bo’lishadi. Arizalar 9-aprelga qadar topshirilishi lozim.

Batafsil ma’lumotni rus tilida o’qishingiz mumkin.

8 – mart uchun ajoyib „handmade” sovg’alar

ACCESSXalqaro xotin-qizlar kuni – 8-mart munosabati bilan imkoniyati cheklangan nogiron ayollar tomonidan tayyorlangan buyum va mahsulotlarning ko’rgazma-savdosi o’tkaziladi. 

Ushbu tadbirda barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tashkilotchilarga ko’ra, tadbirga tashrif buyurganlar qo’lda tayyorlangan chiroyli mahsulotlarni sotib olish bilan nafaqat seviklisi va yaqinlari uchun ajoyib sovg’aga ega bo’lishadi, balki nogiron ayollarni qo’llab-quvvatlashga hissa qo’shishadi.

>>>

“Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr”

www.undp.uz19-noyabr kuni O’zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Yangi ayollar. O’zbekiston. ХХ asr” deb nomlangan foto ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir CEDAW – Хotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konvensiyaning 30 yilligiga bag’ishlandi.

1979-yil 25-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu Konvensiya BMTga a’zo davlatlarga ayollarga nisbatan diskriminatsion siyosatga qarshi kurashishga asos berdi. Uni odatda “хotin-qizlar huquqlari хalqaro billi” deb ham atashadi.

>>>

Jurnalistik tekshiruv masalasi bo’yicha konferensiya

www.gijc2010.chJurnalistik tekshiruv masalasi bo’yicha konferensiya asosan bank va moliya jabhalari bo’yicha ma’ruzachilarni taklif qiladi hamda shu yo’nalishdagi ma’ruzalar matnlari va takliflarni qabul qiladi. Konferensiya Shvetsariyaning Jeneva shahrida 2010-yilning 22-25-aprel kunlari mobaynida bo’lib o’tadi.

>>>