O‘quvchilar

free counters

“UZ” domenida til va PR masalasi

Ushbu maqola ilk marotaba 2008-yilda yozilgan bo’lsa-da, ko’p jihatdan haligacha dolzarbligini yo’qotmagan. Shuning uchun O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 24 yilligi nishonlanayotgan kunda maqolani ayrim o’zgartirishlar bilan e’tiboringizga havola etishni joiz deb bildim. Maqola e’lon qilingach, unda keltirilgan ba’zi takliflar bugungi kunda hayotga tadbiq etilganligini ko’rib, faqat xursand bo’lish mumkin. 

til-pr

 

Har bir soha vujudga keladigan muammo, kamchilik va xatolarni bartaraf etish tufayligina rivojlanadi. Shu jumladan, kun sayin hayotimiz, ish faoliyatimizda muhim o’rin tutayotgan, turmush-tarzimizga aylanib borayotgan Internet sohasida ham muammoli masalalar bo’lmaganda edi, u bunchalik taraqqiy etmagan bo’lardi. Chunki bir qilingan xato qaytarilmaydi va uni tuzatish rivojlanish uchun yana bitta qadam bo’ladi. Shuning uchun maqolada UZ segmentidagi ko’rinmas muammoli nuqtalarga e’tibor qaratiladi, ayrim domen nomlari bilan bog’liq masalalar tanqidiy jihatdan tahlil qilinadi. Zero, tanqid kelajak mevasidir. Biroq tanqid va tahlil veb-sayt mazmuni va tarkibiy qismiga nisbatan emas, balki ana shu mazmunni domen nomi qanchalik ifoda qila olayotganligi, umuman, UZ domeni nomlari qanchalik to’g’ri tanlanayotganligi va ayrim domen nomlaridagi xatoliklar haqida bo’ladi.

>>>

Uzun manzillarni qisqartiring!

Ushbu maqolani faqat rus tilida o’qishingiz mumkin.

Blog uchun nomni qanday tanlash kerak

Ushbu maqolani faqat rus tilida o’qishingiz mumkin

Blog yangi OAVmi?

blog-oavBugungi Internet tarmog’ida ko’p qo’llaniladigan so’zlardan biri – „blog”ning yaratilganiga 10 yildan oshdi. 1997-yil 17-dekabrda amerikalik blogger Jorn Barger global tarmoqda o’zining www.robotwisdom.com nomli sahifasini yaratdi va unga Internetdan topgan qiziqarli saytlarni, shuningdek, hayotidagi ahamiyatli voqealar bilan bog’liq yangiliklar va taassurotlarni joylashtirib bordi hamda uni inglizcha „web” va „log” so’zlarnini biriktirgan holda „weblog”, deb e’lon qildi. 1999-yilga kelib esa Peter Merholz „weblog” so’z qo’shilmasini ikkiga ajratgan holda „we blog”, ya’ni „blog qilamiz” yoki „blog bilan shug’ullanamiz” degan iborani o’ylab topdi va uni o’zining www.peterme.com nomli veb-saytida alohida rukn sifatida e’lon qildi [1]. Shu tariqa blog internet olamiga yangi atama bo’lib kirib keldi.

>>>

Yo konvergensiya, yo «vakuum» ichida yashash

 

Ushbu maqola ilk marotaba 2004 – yilda chop etilgan bo’lib, tabiiyki, undagi ma’lumotlar bugunga kelib, biroz eskirgan bo’lishi mumkin. Lekin maqolada ko’tarilgan mavzu hozir ham dolzarb hisoblanganligi uchun e’lon qilinmoqda.

Axborot uzatish tizimlari hozirgi texnologik jarayon va siyosiy o’zgarishlar ta’sirida aql bovar qilmas darajada rivojlanib bormoqda. Internet so’nggi 10 yil ichida axborot va aloqa vositalari tarixida kutilmagan bir tezlikda ommaviy auditoriyani egallab oldi. Ma’lumotlarga ko’ra, Amerika radiosi 50 million tinglovchiga ega bo’lishi uchun roppa – rosa 38 yil kerak bo’ldi, televidenie esa sal kamroq – 14 yilda bu ko’rsatkichga ega bo’lgandi, Internetga Amerikaning 50 millionli  auditoriyasini mahv etishi uchun bor – yo’g’i 4 yil kifoya qildi, xolos.

>>>