O‘quvchilar

free counters

BLOG HAQIDA

Qadrli foydalanuvchi!

Men ushbu web-blog orqali o‘zbek professional jurnalistikasi rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. Mazkur blog qiyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan:

– yosh jurnalistlarga sifatli, zamonaviy va professional bilimlar hamda ma’lumotlar yetkazish;
– online-jurnalistika va Internet-OAV sohasida o‘zbek tilidagi resurslarni kengaytirishga ko‘maklashish;
– mualliflik huquqi, jurnalistika, OAV, reklama sohalariga oid qonunchilikni targ‘ib etish.

Blog soha bo‘yicha foydali bo‘lgan boshqa tillardagi ma’lumotlarni hamda rivojlangan davlatlar jurnalistikasining namunaviy tajribasini ham keng yoritishni ko‘zda tutadi.

Shuning uchun ham ushbu blogga hissa qo‘shishni istagan hamkasblarimiz o‘zlarining qiziqarli va foydali jurnalistik materiallarini yuborishlari mumkin. Bundan tashqari blogning konferensiya, seminar/trening, stipendiya/grant, tanlovlar va vakansiya bo‘limlari uchun turli e’lonlar qabul qilinadi.

Blogda asosan o‘z qiziqishlarim bilan bog‘liq bo‘lgan – professional jurnalistika, PR, mualliflik huquqi, AKT, madaniyat, san’at, yoshlar hayoti, gender, O‘zbekiston va Germaniya munosabatlari mavzulariga bag‘ishlangan maqolalar berib boriladi.

Ushbu blog e’tiboringizni tortganidan xursandman.

Hurmat bilan,

Binafsha Qalandarova

 

O‘zim haqimda qisqacha…

Ism-sharifim – Binafsha Qalandarova, O‘zbekiston Milliy Universitetining Jurnalistika fakultetini (Bakalavr-2002, Magistratura-2004) tamomlaganman. O‘qish davomida telejurnalistika muammolari va OAVda mualliflik huquqiga rioya etilishi masalalarini ilmiy ishlarim doirasida yaqindan o‘rganganman.

Shu kunga qadar jurnalistika va PR sohasida bir qancha tahkilotlarda faoliyat yuritdim. Jumladan, “Kamolot” YIHning Markaziy Kengashi matbuot xizmati, UNESCO-Toshkent qoshidagi “Silk Road Radio loyihasi, O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi matbuot xizmati va hokazo.

Jurnalistika sohasidagi xalqaro miqyosdagi qator konferensiya va seminar-treninglarda ishtirok etganman. Xususan, Xalqaro jurnalistlar Instituti Yozgi Akademiyasi – 2010 (GIZ-Hamburg, Berlin), OITS 2010 – Xalqaro jurnalistlar uchun trening va konferensiya (Vena, Bill & Milanda Gates jamg‘armasi stipendiyasi), Antenne DEUTSCH/LAND 2009 – Xorijlik radiojurnalistlar malakasini oshirish seminari (Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya (NRW) federal yeriga qarashli ommaviy axborot vositalari muassasasi), Online jurnalistika muammolariga bag‘ishlangan nemis-rus media forumi – 2009 (Perm), “Umum Rossiya – 2008” xalqaro jurnalistlar festivali (Sochi), Moskva Davlat universiteti jurnalistika fakulteti Yozgi maktabi – 2004 (“Yangi mediya va konvergensiya jarayonida jurnalistika va kommunikatsiya ”) va boshqalar.

IJP (Xalqaro jurnalistlar dasturi) stipendiyasi orqali “Deutsche Welle” radiosida 2 oylik amaliyotni (Bonn, 2005) va WIPO (Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti)ning mualliflik huquqi bo‘yicha 3 oylik masofadan o‘qitish kursini (2008) muvaffaqiyatli yakunlaganman. 2010-yildan beri Germaniyada media va kommunikatsiya sohasida ilmiy ish qilmoqdaman. Dastlab bir yil davomida Ozod Berlin Universitetida Yevropa jurnalistlari stipendiya dasturi doirasida nemis va o‘zbek onlayn medialarini ilmiy-jurnalistik jihatdan qiyosiy o‘rgandim. Hozirda shu universitetda siyosiy kommunikatsiyada Internetning roli bo‘yicha doktorlik ilmiy ishi bilan shug‘ullanmoqdaman.