O‘quvchilar

free counters

Jurnalistlar uchun nogironlik muammolariga bag’ishlangan trening

ACCESSBMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ACCESS” qo’shma loyihasi “Nogironlik muammolari va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish” nomli mavzuda 3-kunlik amaliy o’quv trening o’tkazilishini e’lon qiladi. Ushbu trening Toshkent shahrida o’zbek va rus tillarida o’tkaziladi.

 

>>>

Jurnalist-ayollar uchun stipendiya

Elizabeth NeufferXalqaro xotin-qizlar jurnalistikasi jamg’armasi Elizabet Noyffer nomidagi stipendiya uchun arizalarni qabul qiladi. Unda inson huquqlari va ijtimoiy haqqoniylikni yorituvchi jurnalist-ayollar ishtirok etishlari mumkin. Arizalar 9-aprelga qadar topshirilishi lozim.

Batafsil ma’lumotni rus tilida o’qishingiz mumkin.

“Oltin qalam” V milliy mukofoti

oltin qalamO’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o’tkazadi.

>>>

Germaniya OAVda ikki oylik amaliyot

ijporg

Grafinya Marion Dyonhoff Stipendiyasi
IJP (Xalqaro jurnalistlar uchun dasturlar) tashkiloti MDH davlatlarida faoliyat olib boruvchi jurnalistlarni 2010-yilda galdagi amaliyot dasturlarida ishtirok etishga taklif qiladi. Ushbu dasturda qatnashish uchun 23dan 35 yoshgacha bo’lgan “freelancer” jurnalistlar (mustaqil jurnalistlar) hamda teleradiokompaniya, gazeta, shuningdek, Internet nashrlarining xodimlari hujjat topshirishlari mumkin. Jami 5 nafar yosh jurnalistga nemis OAVdan birida ikki oy mobaynida muharrir-amaliyotchi bo’lib ishlash imkoniyati beriladi.

>>>

“Tabiat va BIZ” tele, video va radio roliklar tanlovi

spg.uzAgar Siz ijodkor shaxs bo’lsangiz va doim biror g’aroyib, ijodiy narsani yaratish istagida bo’lsangiz…

Turli fikrlar va g’oyalarni odamlarni o’ylatadigan tarzda obrazlar orqali bera olsangiz…

Videokamerangiz bo’lsa va lavhalarni tasvirga olishni hamda ulardan tayyor asar yaratishni yaxshi ko’rsangiz…

Asosiysi esa, tabiatni sevib, uning hozirgi ahvolidan tashvishlanayotgan bo’lsangiz… 

Unda ushbu tanlov siz uchun!

>>>