O‘quvchilar

free counters

“Germaniya haqida eng yaxshi jurnalistik material” tanlovi

Moygorod.deGermaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi O’zbekiston jurnalistlari orasida quyidagi to’rt nominatsiya bo’yicha tanlov e’lon qiladi:

1. Germaniya haqida gazetada chiqqan eng yaxshi tahliliy maqola

2. Germaniya haqida efirga chiqqan eng yaxshi tahliliy TV-material

3. Germaniya haqida efirga chiqqan eng yaxshi tahliliy radio-material

4. Germaniya haqida internetda chiqqan eng yaxshi tahliliy maqola

>>>

Nemis jurnalining modadagi yangicha PR yondashuvi

Brigitte-coverBugungi moda olami vakillari go’zallik sifatida xipcha belli, ozg’in, baland bo’yli, yuzlari tiniq, chiroyli va yosh ayollarni, ya’ni modellarni taqdim etayotgan bir paytda Germaniyadagi mashhur modalar jurnali “Brigitte” go’zallik haqidagi bunday tasavvurlarni tamomila o’zgartirib yubordi. Endilikda jurnal muqovalarida professional modellar emas, balki oddiy ayollar mashhur firma va kompaniyalar mahsulotlarini namoyish etishmoqda.

Germaniyaning InWEnt tashkiloti tomonidan xalqaro jurnalistlar uchun tashkil etilgan Yozgi akademiyadagi ishtirokim davomida buning guvohi bo’ldim. Dastur doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan bir guruh yosh jurnalistlar “Brigitte” tahririyati xodimlari bilan uchrashib, jurnal faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

>>>

Jurnalistlar uchun nogironlik muammolariga bag’ishlangan trening

ACCESSBMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ACCESS” qo’shma loyihasi “Nogironlik muammolari va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish” nomli mavzuda 3-kunlik amaliy o’quv trening o’tkazilishini e’lon qiladi. Ushbu trening Toshkent shahrida o’zbek va rus tillarida o’tkaziladi.

 

>>>

BMT shtab kvartirasida jurnalistlar uchun stipendiyali dastur

UN HQO’zbekistondagi BMT Axborot Markazi o’zbek jurnalistlari uchun 6 haftalik amaliyot kursini e’lon qiladi. Amaliyot Nyu Yorkda joylashgan BMTning shtab kvartirasida sentabr-oktabr oylari mobaynida bo’lib o’tadi.

Kimlar hujjat topshirishlari mumkin:

  • ingliz tilini yaxshi biladigan,
  • jurnalistika sohasida tajribaga ega bo’lgan,
  • 22-35 yoshli O’zbekiston fuqarolari.

 

>>>

Eng yaxshi maqola va ocherklar tanlovi

1941-1945.at.ua, Ikkinchi jahon urushi davrida olingan surat muallif Serg tomonidan asliga yaqin qilib tiklangan. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Xotira va qadrlash” kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining jasorati va fidoyiligi hamda aloqa sohasidagi o’rni haqida “Xabar” gazetasida yoritilgan eng yaxshi maqola va ocherklar tanlovini e’lon qiladi. 

>>>