O‘quvchilar

free counters

Germaniyada o‘zbeklar sayli va futbol turniri

Nemis federal statistika boshqarmasining so’nggi (31.12.2013) ma’lumotlariga ko’ra, Germaniyada istiqomat qilayotgan o’zbekistonliklar soni 8 892 nafarni tashkil etmoqda. Germaniyadagi vatandoshlarga o’qish, ishlash va integratsiya masalalarida ko’maklashish hamda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro ilmiy-marifiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo’shishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan „Davra“ e.V. nemis-o’zbek madaniy uyushmasining tashkil etilganligiga 1 yildan oshdi. Uyushma o’z maqsadlarini ilmiy anjumanlar, ko’rgazmalar, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish hamda milliy bayramlarimizni keng miqyosda nishonlash orqali amalga oshirishni rejalashtirgan.

Shunday tadbirlardan biri 2013-yilning iyun oyida Berlindagi Lixtenberg shahar bog’ida tashkil etildi. E’tiboringizga „Davra“ e.V. tashabbusi bilan o’tkazilgan Germaniyadagi vatandoshlar sayli („Qir oshi“) va uyushmaning ilk futbol turniri haqida hikoya qiluvchi filmni taqdim etmoqdamiz.

 

“UZ” domenida til va PR masalasi

Ushbu maqola ilk marotaba 2008-yilda yozilgan bo’lsa-da, ko’p jihatdan haligacha dolzarbligini yo’qotmagan. Shuning uchun O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 24 yilligi nishonlanayotgan kunda maqolani ayrim o’zgartirishlar bilan e’tiboringizga havola etishni joiz deb bildim. Maqola e’lon qilingach, unda keltirilgan ba’zi takliflar bugungi kunda hayotga tadbiq etilganligini ko’rib, faqat xursand bo’lish mumkin. 

til-pr

 

Har bir soha vujudga keladigan muammo, kamchilik va xatolarni bartaraf etish tufayligina rivojlanadi. Shu jumladan, kun sayin hayotimiz, ish faoliyatimizda muhim o’rin tutayotgan, turmush-tarzimizga aylanib borayotgan Internet sohasida ham muammoli masalalar bo’lmaganda edi, u bunchalik taraqqiy etmagan bo’lardi. Chunki bir qilingan xato qaytarilmaydi va uni tuzatish rivojlanish uchun yana bitta qadam bo’ladi. Shuning uchun maqolada UZ segmentidagi ko’rinmas muammoli nuqtalarga e’tibor qaratiladi, ayrim domen nomlari bilan bog’liq masalalar tanqidiy jihatdan tahlil qilinadi. Zero, tanqid kelajak mevasidir. Biroq tanqid va tahlil veb-sayt mazmuni va tarkibiy qismiga nisbatan emas, balki ana shu mazmunni domen nomi qanchalik ifoda qila olayotganligi, umuman, UZ domeni nomlari qanchalik to’g’ri tanlanayotganligi va ayrim domen nomlaridagi xatoliklar haqida bo’ladi.

>>>

“Germaniya haqida eng yaxshi jurnalistik material” tanlovi

Moygorod.deGermaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi O’zbekiston jurnalistlari orasida quyidagi to’rt nominatsiya bo’yicha tanlov e’lon qiladi:

1. Germaniya haqida gazetada chiqqan eng yaxshi tahliliy maqola

2. Germaniya haqida efirga chiqqan eng yaxshi tahliliy TV-material

3. Germaniya haqida efirga chiqqan eng yaxshi tahliliy radio-material

4. Germaniya haqida internetda chiqqan eng yaxshi tahliliy maqola

>>>

“Journalisten International” stipendiyali dasturi

polsoz.fu-berlin.deJurnalistlar uchun stipendiyali dastur «Journalisten International» Berlin Ozodlik Universiteti (Freie Universitaet Berlin) qoshida joylashgan Journalisten-Kolleg tomonidan har yili e’lon qilinadi. Unda qatnashish nemis tilini juda yaxshi bilish hamda jurnalistika bo’yicha professional bilim va malakaga ega bo’lishni talab etadi.

Ushbu malaka oshirish dasturida quyidagi davlatlardan 35 yoshgacha bo’lgan yosh jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin: Belorusiya, Rossiya, Ukraina, Moldaviya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon.

Dastur davomida jurnalistlar 6 hafta Internationalen Journalisten-Kolleg seminarlarida nazariy bilimlarga ega bo’lishsa, yana keyingi olti hafta ichida Berlindagi televideniye, radio, gazeta yoki online tahririyatlariga borishib, Germaniya OAV bilan yaqindan tanishishadi. Bundan tashqari bir hafta davomida  Germaniyaning boshqa shaharlariga sayohat qilish ham ko’zda tutilgan.

Batafsil ma’lumotni rus tilida o’qishingiz mumkin.

Nemis jurnalining modadagi yangicha PR yondashuvi

Brigitte-coverBugungi moda olami vakillari go’zallik sifatida xipcha belli, ozg’in, baland bo’yli, yuzlari tiniq, chiroyli va yosh ayollarni, ya’ni modellarni taqdim etayotgan bir paytda Germaniyadagi mashhur modalar jurnali “Brigitte” go’zallik haqidagi bunday tasavvurlarni tamomila o’zgartirib yubordi. Endilikda jurnal muqovalarida professional modellar emas, balki oddiy ayollar mashhur firma va kompaniyalar mahsulotlarini namoyish etishmoqda.

Germaniyaning InWEnt tashkiloti tomonidan xalqaro jurnalistlar uchun tashkil etilgan Yozgi akademiyadagi ishtirokim davomida buning guvohi bo’ldim. Dastur doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan bir guruh yosh jurnalistlar “Brigitte” tahririyati xodimlari bilan uchrashib, jurnal faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

>>>