O‘quvchilar

free counters

O‘zga dindagilar bilan ro‘zadorlik

OstertalbahnOllohga shukrki, har yilgidek Ramazon oyini xushnud kutib olib, oilaviy ro‘za tutayapmiz. Germaniyada ham havolar isib qolgan, shunga oftob tig‘ida kamroq yurishga harakat qilamiz. O‘tgan yakshanba kuni ham ancha issiq edi. Bu kunda biz hurmat qiladigan nemis o‘rtoqlarimiz – yoshlari 80ga yaqinlashgan keksa juftlik bizni qadimiy lokomotiv poyezdida bir kunlik sayohatga taklif qilishgandi. Faqat yozning ma’lum bir kunlarigina tashkil qilinadigan bu sayohatga bir oy oldin rozilik bergandik. Ko‘ngli nozik, keksa do‘stlarimizni xafa qilib qo‘ymaslik uchun sayohat taklifi aynan ro‘za kunlariga to‘g‘ri kelsa-da, uni qabul qilgandik. >>>

Germaniyada o‘zbeklar sayli va futbol turniri

Nemis federal statistika boshqarmasining so’nggi (31.12.2013) ma’lumotlariga ko’ra, Germaniyada istiqomat qilayotgan o’zbekistonliklar soni 8 892 nafarni tashkil etmoqda. Germaniyadagi vatandoshlarga o’qish, ishlash va integratsiya masalalarida ko’maklashish hamda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro ilmiy-marifiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo’shishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan „Davra“ e.V. nemis-o’zbek madaniy uyushmasining tashkil etilganligiga 1 yildan oshdi. Uyushma o’z maqsadlarini ilmiy anjumanlar, ko’rgazmalar, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish hamda milliy bayramlarimizni keng miqyosda nishonlash orqali amalga oshirishni rejalashtirgan.

Shunday tadbirlardan biri 2013-yilning iyun oyida Berlindagi Lixtenberg shahar bog’ida tashkil etildi. E’tiboringizga „Davra“ e.V. tashabbusi bilan o’tkazilgan Germaniyadagi vatandoshlar sayli („Qir oshi“) va uyushmaning ilk futbol turniri haqida hikoya qiluvchi filmni taqdim etmoqdamiz.

 

Usbekischer Spezialitätentag an der Universität des Saarlandes

Wissen Sie, woher der Begriff „Algorithmus“ stammt? Und was ist mit der „Algebra“? Al Khorazmiy

Etwa vor dreizehnhundert Jahren lebte der Mathematiker und Astronom Muhammad al-Chorasmi (Al-Chwarizmi) (780-850), einer der Universalgelehrten der islamischen Welt, der zu zum Weltwissen einen großen Beitrag geleistet hat. Von seinem Namen leitet sich der Begriff „Algorithmus“ ab. Und der Begriff „Algebra“ führt uns zu seinem berühmten Werk „Kitāb al-muchtasar fi hisab al-dschabr wa-l-muqabala“. Dieses Werk wurde mehrmals ins Lateinische übersetzt und nahm großen Einfluss auf die Entwicklung der Mathematik. Al-Chorasmi wurde in Chiva geboren, einer 2500 Jahre alten Stadt, die zurzeit als Märchenstadt weltweit viele Touristen anzieht. Seinen Namen hat der Mathematiker  >>>

Saarland Universitetida „O’zbekiston kuni“

Shu yiling 30-yanvar kuni Germaniyaning Saarland Universitetida bo’lib o’tgan “O’zbekiston kuni” tadbiri doirasida o’zbek madaniyati, san’ati, milliy me’rosi, dunyo ilm-fani va rivojiga katta hissa qo’shgan allomalari haqida qiziqarli ma’lumotlar namoyish etildi. Universitetda tahsil olayotgan bir nechta o’zbekistonlik yoshlar va universitetning Xalqaro talabalar Markazi hamkorligida tashkil etilgan bu tadbir dargohning barcha talaba va o’qituvchi-xodimlarini o’ziga chorladi. Tadbirda mamlakat haqida taqdim qilingan turli informatsion materiallar, o’zbek milliy san’ati namunalari, kuy-qo’shiqlar, o’zbek raqs sahnalari namoyishlari va multimediali prezentatsiyalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Info-Stand

>>>

“Germaniya haqida eng yaxshi jurnalistik material” tanlovi

Moygorod.deGermaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi O’zbekiston jurnalistlari orasida quyidagi to’rt nominatsiya bo’yicha tanlov e’lon qiladi:

1. Germaniya haqida gazetada chiqqan eng yaxshi tahliliy maqola

2. Germaniya haqida efirga chiqqan eng yaxshi tahliliy TV-material

3. Germaniya haqida efirga chiqqan eng yaxshi tahliliy radio-material

4. Germaniya haqida internetda chiqqan eng yaxshi tahliliy maqola

>>>